«emmanuel makron» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari birgalikda daraxt ekdi
2 noyabr 2023, 18:05

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari birgalikda daraxt ekdi

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron O‘zbekistonning antik davr, o‘rta asrlar va temuriylar davrini o‘z ichiga olgan madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Fransiya qirolining Amir Temurga yo‘llagan maktubi ham eksponat sifatida taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari daraxt ekdi.

“Siyosatingizni qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirishga yordam bermoqchimiz”. Emmanuel Makron — O‘zbekiston prezidentiga
2 noyabr 2023, 16:48

“Siyosatingizni qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirishga yordam bermoqchimiz”. Emmanuel Makron — O‘zbekiston prezidentiga

Fransiya O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasiga ishonch bildiradi va bu mamlakatga sarmoya kiritishini juda aniq bayon etadi, dedi Emmanuel Makron. “Bu ikki tomonlama siyosiy kafolatdir… Fransiya siz tomoningizda. Biz barcha tarmoqlar va moliyaviy resurslarimizni safarbar qilamiz”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev — Fransiya kompaniyalariga: “O‘zbekistondagi faoliyatingiz prezident va hukumat tomonidan kafolatlanadi”
2 noyabr 2023, 16:18

Shavkat Mirziyoyev — Fransiya kompaniyalariga: “O‘zbekistondagi faoliyatingiz prezident va hukumat tomonidan kafolatlanadi”

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistondagi uran konlarida geologik qidiruv ishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev fransuz kompaniyalariga islohotlar va ochiq iqtisodiyot siyosati davom etishiga kafolat berdi. Respublikalar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqchi.

O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi bo‘yicha 8 ta hujjat imzolandi
2 noyabr 2023, 14:24

O‘zbekiston va Fransiya hamkorligi bo‘yicha 8 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Ular orasida Samarqand fransuz alyansini tashkil etish, ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va madaniy meros sohasidagi hamkorlik kabilar bor.

Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohi, Samarqandda esa Fransiya alyansi filiali ochiladi
2 noyabr 2023, 12:19

Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohi, Samarqandda esa Fransiya alyansi filiali ochiladi

Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.

Samarqandda Fransiya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto
2 noyabr 2023, 11:41

Samarqandda Fransiya prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Samarqanddagi Kongress markazida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari u yerda ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Prezident Samarqandda Emmanuel Makron bilan uchrashdi
2 noyabr 2023, 09:30

Prezident Samarqandda Emmanuel Makron bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Fransiya rahbari Emmanuel Makron bilan uchrashdi. Ular tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasiga tashrif buyurdi (foto, video).

Makron O‘zbekistondan uran yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun keladi — Bloomberg
31 oktabr 2023, 16:57

Makron O‘zbekistondan uran yetkazib berish masalasini muhokama qilish uchun keladi — Bloomberg

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida uran yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg fransuz yetakchisi atrofidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berdi.

Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyuradi
5 may 2023, 12:51

Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023-yilda O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

Mirziyoyev va Makron Luvrda O‘zbekiston ko‘rgazmasini ochdilar (foto)
23 noyabr 2022, 08:28

Mirziyoyev va Makron Luvrda O‘zbekiston ko‘rgazmasini ochdilar (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron Luvrda «O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasini ochdilar. Ko‘rgazmadan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi muzeylardan keltirilgan buyumlar o‘rin olgan. 70 ta eksponat ko‘rgazma uchun maxsus restavratsiya qilindi.

Elizabet Born Fransiya bosh vaziri bo‘ldi
17 may 2022, 11:42

Elizabet Born Fransiya bosh vaziri bo‘ldi

Fransiyaning yangi bosh vaziri lavozimiga Elizabet Born tayinlandi. U Fransiya hukumatiga rahbarlik qilgan ikkinchi ayol sifatida tarixga kirdi.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi
25 aprel 2022, 15:39

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 noyabr 2021, 22:39

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyalik erkakning Metallica guruhidan 1 mlrd dollar talab qilayotgani, Portugaliyada parlamentning tarqatilayotgani, Gruziyaning amaldagi prezidenti Saakashvilini hech qachon afv etmasligini aytgani, Eron 29 noyabrda Venada yadroviy bitimga qaytishi, Yaponiya bosh vaziri bir vaqtning o‘zida ikki lavozimda faoliyat yuritmoqchiligi, Turkiyada Erdo‘g‘onni Twitter’da haqorat qilgan 30 kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi
17 dekabr 2020, 15:02

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallandi. U 7 kunga izolyatsiya qilinadi va masofadan turib faoliyatini davom ettiradi.

Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qildi
27 oktabr 2020, 14:30

Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari fransuz mahsulotlariga boykot e’lon qildi

Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlarda aholi fransuz mahsulotlarini boykot qilmoqda va «islomofoblar kampaniyasiga» qarshi choralar ko‘rmoqda. Bu reaksiyaga Fransiya prezidentining mamlakat so‘z erkinligi, shu jumladan karikaturalardan voz kechmaydi degan so‘zlari sabab bo‘ldi. U bu haqda o‘quvchilarga Muhammad payg‘ambarning Charlie Hebdo karikaturasini ko‘rsatgan va kelib chiqishi chechen millatidan bo‘lgan immigrant tomonidan o‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida aytgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting